So’nggi yangiliklar

10:32Бугун юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди (Жуфтликлар) 0 10:11"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижа билан биринчи даврани якунлади 0 09:50Ҳиндистон Осиё чемпионатида яна Ўзбекистон ва Қозоғистонни ортда қолдирди 0 09:29Англия кубоги 1/2 финалига қуръа ташланди 0 09:08Хабиб ёки Ислам? Арман Царукян энг яхшисини айтди 0 08:47Деонтей Уайлдернинг иштаҳаси очилди 0 08:26Ўзбекистон ёки Қозоғистон? Қайси давлатдан 1/2 финалга кўпроқ боксчи етиб келди? 0 08:05Остон Ўруновнинг янги жамоаси маълум 0 07:44Бугун 4 нафар боксчимиз Осиё чемпионати финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0 07:23UFC ростеридаги энг ёш аёл жангчи промоушендаги илк ғалабасини қўлга киритди 0 07:02Upper Austria Ladies Linz. Иккинчи ракеткамиз муваффақиятли старт олди 0 23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0

08 jan 08:35
Yangiliklar

Tennis

Australian Open. Humoyun Sultonov 1/2 finalda kambek amalga oshirgandi, ammo...

Teglar :  Humoyun Sultonov
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning to'rtta musobaqasidan dastlabkisi davom etmoqda.

Hamyurtimiz Humoyun Sultonov Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab olgandi. Mamlakatning birinchi raketkasi saralash bosqichining ilk davrasida reytingda o'zidan deyarli 100 pog'ona yuqorida borayotgan kolumbiyalik Daniel Elaxi Galanni 6/3, 6/7(2), 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.

Afsuski, Humoyun hozirgina yakuniga etgan va 101 daqiqa davom etgan uchrashuvda chexiyalik Dalibor Svrchinaga alamli tarzda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi setni 3/6 hisobida boy bergan namanganlik 26 yoshli tennischimiz kambek evaziga muvozanatni tikladi - 6/1. Hal qiluvchi uchinchi setda 3/1 hisobida oldinga chiqib olgandi. Ammo jarohat sabab muvaffaqiyatni rivojlantira olmadi. To'rtinchi geymdan keyin shifokorlardan yordam olib kortga qaytgan Sultonov 3/6 hisobida yutqazdi.   

Taqqoslash uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda ATP reytingida 215, uning birinchi davradagi raqibi Galan 126, Svrchina esa 228-o'rinni egallab turibdi. Sultonov tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham chexiyalikka uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berdi. Dalibor 2024 yilning 17 noyabr kuni Mumbaydagi turnirning finalida ham Sultonovni taslim etgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing