21 jan 08:26
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Australian Open. Iga Svyontek raqibasiga bitta geym berdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek Avstraliya Ochiq chempionatining chorak final ishtirokchisiga aylandi. 
			Polshalik tennis malikasi Australian Open 1/8 finalida WTA reytingida 128-pog'onada borayotgan germaniyalik Eva Lisga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Roppa-rosa bir soat davom etgan bahsda Svyontek 3 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Iga faoliyatida ikkinchi bor Australian Open 1/4 finalida ishtirok etadi. 2022 yilgi turnirda u 1/2 finalga qadar etib borgandi. Uning navbatdagi raqibasi amerikalik Emma Navarro bo'ladi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar