16 jan 08:02
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Australian Open. Iga Svyontek raqibasiga ikkita geym berdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi. 
			Polshalik tennis malikasi ikkinchi davrada WTA reytingida 49-pog'onada borayotgan slovakiyalik Rebekka SHramkovani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/0, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir soatu bir daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2 ta eys, 5 ta breykni amalga oshirib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Endi Iga uchinchi davrada britaniyalik Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar