24 jan 16:04
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Kamilla Rahimova juftlikda ikkinchi o'yinini o'tkazdi
Avstraliyaning Melburn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining juftlik bahslari davom etmoqda.
Malum qilganimizdek, ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Kamilla Rahimova neytral maqomdagi Anna Blinkova bilan hamkorlikda ishtirok etmoqda.
Tennischilar bugun musobaqa doirasida AQSH vakilalari Xeyli Baptist hamda Peyton Stirnsga qarshi kortga chiqishdi.
1 soat 12 daqiqa davom etgan o'yinda Rahimova va uning sherigi 3:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi yurishini to'xtatdi.
Sportchilar bungacha turnirning ilk davrasida Xitoy Taypeyi vakilasi CHan Xaocin va xitoylik Czyan Sinyu juftligini 3/6, 7/5, 7/6(tay-brekda 10/1) hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar