17 jan 19:48
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Novak Jokovich 1/8 finaliga yo'l oldi
Melburnda tennis bo'yicha Australian Open turniri davom etmoqda.
Dunyoning sobiq 1-raketkasi, bugungi kunda 7-raketka hisoblanadigan serbiyalik Novak Jokovich uchinchi bosqichda chexiyalik Tomas Maxachga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 22 daqiqa davom etgan o'yinda Jokovich 6:1, 6:4, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va 1/8 finalga yo'l oldi. Endi Jokovich chorak final yo'llanmasi uchun chexiyalik boshqa bir tennischi Irji Lexechkaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar