24 jan 07:33
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Qozog'istonlik tennischi 1/8 finalga chiqdi
Avstraliyaning Melburn shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Qozog'istonlik tennischi Aleksandr Bublik musobaqaning nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. Dunyoning o'ninchi raketkasi bo'lib turgan Bublik uchinchi davrada ATP reytingida 62-pog'onadan joy olgan argentinalik Tomas Martin Etcheverrini 7/6(4), 7/6(5), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. Ikki soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda Bublik 21, Etcheverri 10 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi qozoq tennischisi 1/4 finalga beriladigan yo'llanma uchun avstraliyalik Aleks de Minaurga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar