18 jan 10:36
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Australian Open. Svyontek Radukanuni "sochib" tashladi
Tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turnirida 1/8 final ishtirokchilari malum bo'lyapti. 
			Sayyoramizning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek ortiqcha qiyinchiliksiz musobaqaning nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. Polshalik tennis malikasi uchinchi davrada WTA reytingida 61-pog'onadan joy olgan britaniyalik Emma Radukanuga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1, 6:0.
Etmish daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 2, Radukanu 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Beshta breyk-poynt evaziga polshalik tennischi engil g'alabani qo'lga kiritdi. Avstraliya Ochiq chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi salkam 60 million AQSH dollarini tashkil qiladi.

            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar