07 iyu 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Avstraliyalik "nokautchi" Teremoana Juniorning keyingi jangi aniq bo'ldi
Avstraliyalik istiqbolli super og'ir vaznli bokschi Teremoana Junior Leon Teremoana o'zining navbatdagi jangini 12 avgust kuni Avstraliyaning Gold-Kost shahrida o'tkazadi.
U bu gal amerikalik DeAndre Savajga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang 10 raundga mo'ljallangan bo'lib, Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi tashkil etayotgan boks oqshomining markaziy bahsi sifatida o'tkaziladi.
Teremoana hozirga qadar professional faoliyatida 11 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Etiborlisi, avstraliyalik bokschi g'alabalarining barchasini nokaut bilan rasmiylashtirgan. U so'nggi jangida tajribali hamyurti Boui Tupouni birinchi raundning o'zida mag'lubiyatga uchratgan edi.
DeAndre Savaj ham professional faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazib, 11 tasida g'alaba qozongan va ularning barchasini muddatidan avval yakunlagan.

Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar