03 may 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"Avval Maxachevni yutaman, keyin sen bilan Braziliyada jang qilaman" - Garri Pratesga murojaat qildi
UFC jangchisi Ian Garri Karlos Pratesga murojaat qildi.
Prates kecha o'tkazilgan UFC turnirida Jek Della Maddalenani uchinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi. Jang Pert shahridagi UFC turnirining asosiy jangi bo'ldi.
"Karlos, avval Islamni yutaman, keyin sen bilan Braziliyada jang qilaman. Kel, shuni tashkil qilaylik!" — deb yozdi Garri ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq Maxachev va Garri o'rtasidagi chempionlik jangi UFC 330 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Havola :
Manba : MMA Frenzy
Fikrlar