17 fev 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Ayni damda qamoqda saqlanayotgan o'zbekistonlik mashhur MMA jangchisining Instagram akkaunti o'chirildi
2023 yilning dekabr oyi boshida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Humoyun To'xtamurodov tovlamachilikda ayblanib, hibsga olingan edi.
Oradan biroz vaqt o'tgan To'xtamurodov ozod etilgani haqida mish-mishlar tarqalgan, ammo IIB buni rad etgan edi.
SHu vaqt oralig'ida sportchining Instagram tarmog'idagi rasmiy sahifasi yaqinlari tomonidan yuritilib kelinayotgan edi. Ammo To'xtamurodovning insta akkaunti ham yaqinda butkul yo'qolib qoldi.
Eslatib o'tamiz, Humoyun To'xtamurodov oxirgi jangini 2022 yil iyul oyida eronlik Seyed Mehrshad Estarabadiga (0-2) qarshi o'tkazib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar