01 mar 15:10
Yangiliklar

Ayollar kurashi. Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan qizlarimiz medallar uchun gilamga chiqadilar
Bugun turnirda ayollar kurashi bo'yicha bahslar o'tkazilmoqda. Etiborlisi, saralash bellashuvlari yakuniga ko'ra, sportchilarmizning uch nafarida medal qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.
-59 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan Nabira Esenbaeva koreyalik Um Jieunni 11:1, hindistonlik Sangitani 15:5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi va oltin medal uchun gilamga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Aktenge Keunimjaeva va Amina Alibetovalarda esa bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qolgan.
Kechki dasturdan o'rin olgan bahslar:
Oltin medal uchun:
-59kg: Nabira Esenbaeva - Ningning Rong (Xitoy)
Bronza medali uchun:
-50kg: Aktenge Keunimjaeva - Narangerel Edrenesux (Mog'uliston)
-55kg: Amina Alimbetova - Lannuan Luo (Xitoy)
Malumot uchun, kecha yunon-rum kurashi bo'yicha bahslar yakuniga etdi. Yunon-rum kurashi bahslarida sportchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdilar.
Yunon-rum kurashida sovrindorlarimiz ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
-63kg: Elmurat Tasmuradov - oltin
-97kg: Rustam Assakalov - kumush
-130kg: Mo'minjon Abdullaev - kumush
-60kg: Islomjon Bahromov - bronza
-67kg: Mirzobek Rahmatov - bronza
-72kg: Aram Vardanyan - bronza.
Fikrlar