22 avg 10:10
Yangiliklar
Sport kurashlari

Ayollar kurashida tarixiy natija. Nigina Sobirova jahon chempionati sovrindori
Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U-20) o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi kurashchilari ham ishtirok etyapti. Jahon chempionatining ayollar kurashi bahslarida terma jamoamiz vakilasi Nigina Sobirova bronza medalini qo'lga kiritdi. 62 kg vazn toifasida gilamga chiqqan vakilamiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda turkiyalik Efe Bursani mag'lubiyat (8-0)ga uchratdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar