22 sen 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Azamat "Dragon" Nuftillaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum
MMA jangchimiz Azamat Nuftillaev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Og'ir vazn toifasida harakat qilayotgan Azamat Nuftillaev (9-0)ga ukrainalik Evgeniy Golub (14-8) raqiblik qiladi. Jang 8 oktabr kuni Aralash Pride FC turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Azamat «Dragon» Nuftillaev so'nggi jangini qirg'istonlik Mederbek Nurmahamatga qarshi o'tkazib nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Mavzuga aloqador: Sportchimiz bilan intervyuni tomosha qiling
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar