21 mar 01:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Azizbek Abdug'ofurov Moskvada WBC kamari himoya jangini o'tkazdi
Professional bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov Moskva shahrida tashkil etilan jang oqshomida navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda bokschimizga mezbon Pavel Silyagin raqiblik qildi. Bahsda Azizbekka tegishli WBC Silver kamari o'rtaga qo'yilgandi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va g'olib ochkolar evaziga ko'ra aniqlandi. Jang yakuniga ko'ra, hakamlar to'qnashuvda ustunlikka erishgan Silyaginga (120-108, 119-109, 119-109) g'alabani taqdim etishdi.
SHu tariqa, Azizbek Abdug'ofurov faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi va o'zining WBC Silver kamarini Pavel Silyaginga boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar