16 avg 15:00
Yangiliklar
Azizbek Abdug'ofurovning vaznida WBC kamari vakant bo'lib qoldi
Kechaning markaziy jangida ikkinchi o'rta vazn toifasida endilikda sobiq WBC kamari sohibi Devid Benavides Aleksis Anguloga qarshi ringga chiqdi. O'n ikki raundga mo'ljallagan bahsda Devid raqibini o'ninchi raundda taslim bo'lishga majbur etdi. Ammo, kecha bo'lib o'tgan vazn o'lchash marosimida kerakli og'irlikni qila olmaganligi sababli u WBC kamaridan ayrildi. Qoidaga muvofiq WBC kamari vakant bo'lib qoldi.
Malumot uchun, mazkur vazn toifasida o'zbekistonlik Azizbek Abdug'ofurov WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi va ayni paytda reytingda 2-o'rinni egallab turibdi. Agar Abdug'ofurovning promouterlari kelisha olishsa, bokschimizda WBC oltin kamari uchun jang qilishga yaxshigina imkoniyat yuzaga keldi.
Fikrlar