06 mar 15:40
Yangiliklar

Azizbek Temirov ertangi jangi oldidan tarozidan o'tdi va raqibi bilan yuzma-yuz keldi
Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azizbek Temirov ham oktagonga ko'tariladi. Hamyurtimiz turnir doirasida braziliyalik Daniel Arauxo bilan to'qnash keladi. Jang 3 raundga mo'ljallangan.
Spotchilar bugun vazn o'lchash marosimidan o'tib olishdi hamda face to face tadbirida ishtirok etishdi. Azizbek ishtirokidagi bellashuv bizning vaqt bilan tonggi soat 6:00 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.
Ushbu oqshomning markaziy jangi qirg'izistonlik Uran Satibaldiev hamda Braziliya vakili Leon Soaresh o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Azizbek Temirov faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Arauxo hisobida esa oltita g'alaba bor.
Fikrlar