04 jan 17:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Azizbek Temirovning AQSHdagi ilk jangi bekor bo'ldi
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azizbek Temirov faoliyatini okean ortida davom ettirishi haqida xabar bergandik.
Temirov 11 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Lemor shahrida tashkil etiladigan LFA 199 turniri doirasida rossiyalik Magomed SHaxbanov bilan jang qilishi kerak edi.
Biroq bellashuv bekor qilindi. Bunga Azizbekning oyog'idan jarohat olgani sabab bo'lgani aytilmoqda.
LFA 199 turnirining markaziy jangi braziliyalik Ari Farias va Qozog'iston vakili Sabit Jusupov o'rtasida kechadi. SHuningdek, musobaqa doirasida rossiyalik taniqli pop-MMA jangchisi SHovxal CHurchaev ham LFA'dagi debyut jangini o'tkazadi.
Malumot uchun, Azizbek Temirov faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar