26 may 19:37
Yangiliklar
Futbol

BAA – O'zbekiston uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi
5 iyun kuni JCH -2026 3-saralash bosqichi 9-turidan joy olgan BAA – O'zbekiston bellashuvi bo'lib o'tadi.
Nihoyat, BAA tomoni chiptalar sotuvga chiqarilganini elon qildi. OFK reglamentiga muvofiq mehmonlar uchun stadion sig'imining sakkiz foiziga teng chiptalar taqdim etiladi.
Malum bo'lishicha, standart sektorlar uchun chipta narxi 20 dirxamga (70 ming so'm atrofida – tahr.) baholanmoqda. O'z o'rnida, chiptalar tez fursatda sotilib ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 5 iyun kuni Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar