So’nggi yangiliklar

12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0

04 iyu 19:16
Yangiliklar

Futbol

BAA Sport vazirligi "Hammamiz oqlar tarafidamiz" kampaniyasini o'tkazmoqda: Sport federaciyalariga bepul chiptalar tarqatilyapti

BAA terma jamoasi Abu-Dabidagi Muhammad bin Zaid nomidagi stadionda olib borgan tayyorgarlik jarayonini yakunladi.

Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, mamlakat Sport vazirligi milliy terma jamoani hal qiluvchi o'yinda qo'llab-quvvatlash maqsadida "Hammamiz oqlar tarafidamiz" shiori ostida kampaniya olib bormoqda. Vazirlik BAAning barcha sport federaciyalarini targ'ibot ishlarida faol qatnashishga chaqirdi.  

Vazirlik turli sport turlari milliy terma jamoa sardorlariga qisqa video orqali murojaat qilib, jamoatchilikni ruhlantirish va "oqlar" (BAA terma jamoasi laqabi – tahr.) o'yinchilarini qo'llab-quvvatlashga undadi. Bundan tashqari, "Al Nahayyon" stadioni tribunalarida o'tirish uchun milliy terma jamoalar azolariga bepul chiptalar ham tarqatilmoqda.

Xabaringiz bor, BAA tomoni turli yo'llar bilan o'zbekistonlik jurnalist va muxlislarga "to'siq" qo'yishga urinmoqda. Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, o'zbekistonlik muxlislarga baraban va yana bir qator vositalarni stadionga olib kirishga ruxsat berilmasligi mumkin.

Bugun har ikki terma jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulot jarayonlari bo'lib o'tadi. Voqealar rivojini Championat.asia orqali kuzatib boring.

Eslatib o'tamiz, BAA hamda O'zbekiston o'rtasidagi JCH 3-saralash bosqichi 9-tur uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing