24 apr 13:07
Yangiliklar

BAA terma jamoasida ishlayotgan o'zbekistonlik murabbiy: "O'zbek boksidagi yangiliklarni muntazam kuzatib boraman"
"2004 yildan buyon xorijiy mamlakatlarda ish olib boraman. Dastlab Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasida ish boshladim. Keyin esa Quvayt, Misr terma jamoalarida ishladim. Mana, Tailanddagi qita birinchiligiga BAA terma jamoasi ustozi sifatida tashrif buyurdim.
O'zbekiston boksi? Boksimizda yuz berayotgan yangiliklarni muntazam kuzatib boraman. Terma jamoamiz murabbiylari bilan gaplashib turaman. Yigitlarimizning xalqaro turnirlardagi har bir ishtirokini kuzataman va tahlil qilaman.
Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan O'zbekistonda ko'p yig'in tashkil etib turamiz. Arabistonlik bokschilar yomon emas, faqat ko'proq mehnat qilish kerak. Istedodli sportchilar bu erda ham topiladi.", - dedi Hasan Muhammedov.
Fikrlar