23 fev 13:48
Yangiliklar
Tennis

Baes qatorasiga ikkinchi yil ham Rio Open finalida o'ynaydi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turnirida finalchilar aniqlandi.
Dunyoning 31-raketkasi bo'lib turgan argentinalik Sebastyan Baes qatorasiga ikkinchi yil ham musobaqa bosh sovrini uchun kortga chiqadigan bo'ldi. Baes 1/2 finalda reytingning 91-pog'onasida borayotgan hamyurti Kamilo Ugo Karabellini 3/6, 6/1, 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Vatandoshlarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob tajribali Sebastyan foydasiga yiriklashdi - 5:2. Bir soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda Baes 7, Ugo Karabelli 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Breyklar bo'yicha ustunlik ham tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 6 ga 2!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar