So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

03 dek 11:12
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bag'dodda ommaviy sport bilan shug'ullanuvchilar soni yaqin 5 yilda umumiy aholining 30 foizini qamrab oladi...mi?!

Bag'dod tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida ayni paytda 2 ming 929 nafar o'g'il-qiz sportning 18 ta turi bilan muntazam shug'ullanib keladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 24 yanvarda imzolangan «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmon hamda O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish Koncepciyasiga asosan, kelgusi 5 yilda Farg'ona viloyati Bag'dod tumani aholisining 30 foizi ommaviy sport bilan shug'ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Bu haqda tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i Qahramon Mirtazaqulov malum qildi.

- Ayni paytda tumanimiz aholisining 7,3 foizi (15 ming 805 nafar) ommaviy sport bilan shug'ullanmoqda, - deydi Q.Mirtazaqulov. – Albatta, bu ko'rsatkich bizni qoniqtirmaydi va bu raqamni bosqichma-bosqich ko'paytirib borish bo'yicha aniq rejalarimiz bor, ularni amalga oshirish mexanizmlari ham ishlab chiqilgan. Jumladan, kelgusi 5 yil ichida tumanning «O'zbekiston» va «Muqimiy» mahalla fuqarolar yig'inida uzunligi 3-5 km. bo'lgan «Salomatlik yo'laklari» hamda «Xo'jaqishloq» va «Namuna» mahalla fuqarolar yig'inida ham shuncha masofada veloyo'lakchalar barpo etiladi. Bundan tashqari, 25 ta mahallada voleybol, 30 ta mahallada badminton, 30 ta mahallada stritbol maydonchalari barpo etilib, tumanda mavjud 56 ta MFY hududida “Workout” (ko'cha fitnesi) tashkil etiladi.

Malum bo'lishicha, Bag'dod tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida ayni paytda 2 ming 929 nafar o'g'il-qiz sportning 18 ta turi bilan muntazam shug'ullanib keladi. Buning uchun 79 nafar malakali murabbiylar biriktirilgan.

- Sport maktabi tasarrufida bo'lgan Markaziy o'yingohimizda joriy yilda 1 mlrd. 817 mln. so'mlik rekonstrukciya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Hozirgi paytga kelib, bu erda 65 foiz ish bajarildi. Bundan tashqari, 2021 yilda Investiciya dasturi asosida o'yingoh hududida suniy qoplamali mini-futbol, basketbol, voleybol maydonlari hamda yugurish yo'lakchalarini barpo etish rejalashtirilgan. Tuman hokimligi tomonidan xotin-qizlar sportini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. SHu maqsadda, mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan ajratilgan 5 mlrd. so'mga xotin-qizlar uchun alohida sport majmuasi qurilishi tez orada boshlanadi. SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ajratilishi kutilayotgan 3,2 mlrd. so'm mablag' evaziga 18x30 m2 o'lchamdagi sendvich-panelli zamonaviy sport zali qurib bitkaziladi. Mazkur inshootlar foydalanishga topshirilgach, sport maktabining qamrovi 3 ming 509 nafarga etadi, - dedi tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi rahbari.

SHuni takidlash joiz, tumanda sportning ommalashgan turlari bo'yicha murabbiylar etarli. Etiborlisi, mamlakatimizda sport yo'nalishida faoliyat yuritayotgan oliy o'quv yurtlarida 100 nafarga yaqin bag'dodlik talaba tahsil olmoqda. Ular oliy malumotga ega bo'lib qaytishi natijasida tumanda trenerlar etishmasligi borasidagi muammo ancha barham topadi.

Darvoqe, tumanda haftaning seshanba va juma kunlari «Ommaviy sport kunlari» sifatida elon qilingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing