11 jan 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov 11-o'rinni egallab turgan yo'nalish kamari uchun kechgan jangda nokaut qayd etildi
Germaniyaning Oberxauzen shahrida professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechdi. Unda ushbu kamarning amaldagi sohibi Agit Kabayel davogar Damian Knibaga qarshi ringga ko'tarildi.
Birinchi raund Kniba foydasiga hal bo'ldi. Keyingi raundlarda tashabbusni qo'lga olgan chempion Agit Kabayel uchinchi uch daqiqalikda raqibini texnik nokautga uchratdi. Ketma-ket zarbalardan so'ng referi jangni to'xtatishga qaror qildi. Agit Kabayel vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. Uning prof boksdagi rekordi 27-0!
Malumot uchun, ushbu yo'nalish reytingida charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov 11-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar