10 okt 14:05
Yangiliklar

Bahodir Jalolov Fyuri - Uaylder jangiga munosabat bildirdi
Tayson Fyuri va Deontey Uaylder bahsidan so'ng og'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov Olamsport.com sayti uchun ushbu trilogiya haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
Jalolov Uaylderning mag'lubiyatiga uning ochiq jang o'tkazishi sabab deb hisoblaydi.
«Jang yaxshi bo'ldi. Tayson Fyuri anchayin yaxshi tayyorlangan ekan. Uaylder baribir 5-6 raundlarda charchab qoldi. Fiziologik jihatdan tayyor emas ekan. Men uchun Fyuri Uayderga qaraganda kuchli bokschi. CHunki Uaylder ochiq jang qiladi. SHuning uchun mag'lub bo'ldi deb o'ylayman, juda ko'p zarba o'tkazib yubordi. O'tkazib yuborilgan zarbalar yig'ilib-yig'ilib oxirida baribir nokaut holatiga tushdi. Boksda bu qadar ko'p zarba o'tkazib yuborish yaxshi emas. Tayson Fyuri Aleksandr Usikka ham ancha muammo tug'diradigan bokschi», - dedi Bahodir Jalolov.
Fikrlar