09 may 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Bahodir Jalolov: "Nasib qilsa, u bilan hali bir kun ringda to'qnash kelamiz"
O'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov prof boksdagi ehtimoliy raqiblari haqida gapirdi.
"Biz angliyalik kuchliroq, yaxshiroq raqiblarni so'ragandik, lekin ular biz bilan jang qilishni xohlashmadi. O'ylaymanki, bir-ikkita jangdan keyin yaxshi raqiblarni olamiz va chiroyli jang ko'rsatamiz.
Niyatimiz — professional boksda jahon chempioni bo'lish! Men hech qachon raqibdan qochmaganman, har doim kimni berishsa, o'sha bilan jang qilganman. Itauma ham yaxshi, o'zini yaxshi ko'rsatyapti. Nasib qilsa, u bilan hali bir kun ringda to'qnash kelamiz", dedi Jalolov.
Bahodir bugun Manchesterda tashkil etiladigan boks oqshomida xorvatiyalik Argon Smakichiga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar