22 avg 15:08
Yangiliklar

Bahodir Jalolov shu yil prof boksda ikkita jang qilmoqchi
Bu haqida bokschimiz Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda aytib o'tdi.
"Ayni paytda AQSHga kirish huquqini beruvchi vizam tugagan. SHu sababli okeanortiga keta olmayapman. Sentyabrdan boshlab elchixona yana ochiladi va nasib qilsa viza olib, AQSHga ketaman.
Xudo xohlasa shu yilning oxirigacha ikkita jang o'tkazmoqchiman. Joshua, Fyuri, Uaylder kabi bokschilar jang qiladigan oqshom kardida ringga ko'tarilishni rejalashtiryapman", - dedi Bahodir Jalolov.
Eslatib o'tamiz, Jalolov shu yili mart oyida Ammanda o'tkazilgan licenzion musobaqada Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan.
Ayni paytga kelib, pandemiya sabab boks musobaqalari o'tkazilish jarayoni to'xtagan. Bizdagi malumotlarga ko'ra, bokschimiz ayni paytda jang amaliyoti zarur bo'lgani sabab o'zini prof ringda sinab ko'rishni maqul topgan.
Fikrlar