07 mar 12:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov tajribali raqibga qarshi jang qiladigan bo'ldi
Avvalroq, professional bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 15 mart kuni AQSHda o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Jangga 10 kundan kamroq vaqt qolganida Bahodir kimga qarshi ringga chiqishi malum bo'ldi. Unga ko'ra, superog'ir vaznli bokschimiz prof ringdagi beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, Bahodir shu kungacha professional boksda to'rt marotaba ringga chiqib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. 33 yoshli Silgado esa 34 marotaba jang qilgan va ularning 28 tasida g'alaba qozongan. Janglarning 22 tasida u raqiblarini nokautga uchratgan. 6 marotaba mag'lub bo'lgan (5 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar