23 apr 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov yarim finalda!
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Biroz avval +91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov xitoylik Mu Xaipengga qarshi jang o'tkazdi. Uch raund davom etgan jangda ochkolar bo'yicha Jalolov g'olib bo'ldi va yarim finalga yo'llanma oldi.
Malumot uchun, Jalolov O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi sportchisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar