21 mar 12:33
Yangiliklar

Bahodir Jalolovni ikki yilga chetlatgan WBC prezidenti jangdan so'ng bokschimizga nimalar dedi?
Bokschimiz WBC prezidenti Maurisio Sulaymon bilan bo'lgan suhbat haqida fikr bildirdi.
«Uni eslatib o'tdim, u esa kulib qo'ydi. Ochig'ini aytganda, u meni WBC reytingiga qo'shilish imkonini beradigan medalni berishini kutmagandim. O'zini bir kun oldin vazn o'lchash marosimida ko'rgandim. U menga professional boksda ham chempion bo'lishimni tilab ketdi. Jangdagi g'alabamdan so'ng esa shaxsan o'zi ringga ko'tarilib, menga medalni taqdi. Bu ishni hammaga ham qilmaydi. CHunki WBC kamari eng kuchli va muhimi sanaladi. Men esa unga bu kamar yoqishini va albatta kamarga ega chiqimni aytdim»,-dedi Jalolov.
Malumot uchun, WBC prezidenti Maurisio Sulaymon bokschimizning 2019 yilda bo'lib o'tgan havaskorlar o'rtasidagi jahon chempionatidan so'ng reytingga kiritmasligini elon qilgandi.
Fikrlar