19 noy 13:22
Yangiliklar

Bahraynda MMA bo'yicha jahon chempionati o'tkazildi
Dunyoning rekord darajadagi - 52 davlati sportchilari ishtirok etgan jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi 5ta oltin va bitta kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Rossiyaliklar ketma-ket oltinchi bor dunyoda birinchi bo'lishdi.
Jahon chempioni bo'lgan rossiyaliklar:
-56,7 kg: Satiev Ruslan
-61,2 kg: Magomedov SHarapudin
-77,1 kg: Bagomedov Islom
-84 kg: Mejidov Jamol
-93 kg: SHaxrudinov Magomed.
SHuningdek, aynan Bahraynda yoshlar (18-20 yoshlilar) o'rtasidagi jahon chempionati ham o'tkazildi. Sayyoramizning 36 davlati sportchilari qatnashgan dunyo birinchiligida ham rossiyaliklar 5ta oltin, 2ta kumush va bitta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Jahon chempioni bo'lgan rossiyaliklar:
-65,8: Elbek Alishov
-70,3: Xotov Rezuan
-83,9 kg: Umarov Magomedxabib
-93 kg: Glazkov Igor
+93: Mahmudov SHamsudin.
Jahon chempionati yakunida Rossiya terma jamoasi dunyoning eng yaxshi jamoasi deb topilib, Amateur MMA Awards sovrinini qo'lga kiritdi.
Fikrlar