11 may 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Baku Grand Slam. Numonov ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda.
Bugun Baku Grand Slam 2019 musobaqasining ikkinchi kungi bahslarida yurtimiz sharafini birgina Obidxon Numonov himoya qilishi kerak edi. -73 kg vazndagi yurtdoshimiz o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi va afsuski, u bu bosqichda mezbon sportchi Hidayat Xeydarovga yutqazib qo'ydi.
Malumot uchun, ertaga musobaqaning so'nggi kunida yurtdoshimiz SHahzod Sobirov bahslarga kirishadi. -90 kg vazn toifasidagi polvonimiz birinchi bosqichdan bahslarga kirishadi va britaniyalik Jamal Petgravga qarshi tatamiga chiqadi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar