05 fev 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol
"Balki bu "Dinamo" darvozasiga urilgan gol bo'lar". Usik futboldagi rejalari haqida gapirdi
Boks bo'yicha superog'ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik (23-0, 14 KO) futbolchi bo'lish niyati yo'qligini aytdi.
— Siz futbolchi bo'lishni xohlashingizni aytgan edingiz, "Polese" klubi bilan ham shartnoma imzoladingiz. Bu erda qandaydir shou bo'ladimi?
— Men futbolchi bo'lishni xohlamayman. Bu haqiqat, ammo 99 foiz shou bo'ladi. Tayyorgarlik bilan "Polese" safida maydonga tushaman va ajoyib gol uraman. Bu esa Ukrainada yilning eng chiroyli goliga aylanadi.
Balkim, bu men bolalikdan muxlis bo'lib kelgan Kievning "Dinamo"si darvozasiga urilgan gol bo'lar. "Polese" menga bolalik orzumni amalga oshirish imkonini berdi", — dedi Usik.
Havola :
Manba : Forbes
Fikrlar