So’nggi yangiliklar

18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0 09:57Разамбек Жамалов RAF кураш лигаси билан шартнома имзолади 0 19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0

22 okt 14:23
Yangiliklar

Kurash

Bandixonda kurash bellashuvlari o'tkazildi

Teglar :  Bel olish kurash
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi sport maktabi 5 kun davomida bel olish va uch kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi.

Bellashuvlarda Qoraqalvog'iston respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan saralanib kelgan 1000 nafarga yaqin o'g'il-qizlar o'z mahoratlarini namoyish etishdi. O'zbekiston chempionati asosan sport maktablarida shug'ullanuvchi 2010-2011 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida bo'lib o'tdi.  

O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidan o'rin olgan mazkur mamlakat chempionatining xar bir yo'nalishidagi bellashuvlar qizg'in kurashlarga boy tarzda davom etdi.

Dastlab yosh atletlar o'nta vazn toifasida bel olish, bel olishning xalqa-chalish hamda bel olishning xalqa-chalishsiz yo'nalishlarida medallar uchun kurashishdi. Uch kurash bo'yicha o'tkazilgan bahslar ham qizg'in va qiziqarli kurashlar ostida tashkil etildi.

O'zbekiston chempionati yakunida Biloliddin Ahmadaliev, Sevara Jumanazarova, Behruz Abdaliev, Zuhra G'anieva va boshqa sportchilar o'z vazn toifalarida O'zbekiston chempioniga aylanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing