21 noy 07:01
Yangiliklar
Taekvondo
Bangkok Gran-prisining ilk kunida uch taekvondochimiz ishtirok etadi
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida taekvondo WT bo'yicha Bangkok Gran-Pri CHellenji musobaqasi boshlanadi.
Turnirning ilk kunida terma jamoamiz azolari — Laylo Xasanova (49 kg), Nazarali Nazarov (68 kg) va Diyorbek To'xliboevga (68 kg) muxlikslik qilamiz.
Ularning ilk raqiblari quyidagicha:
49 kg, 1/16 final bosqichi: Laylo Xasanova - Kamilla Bezerra (Braziliya)
68 kg, 1/32 final bosqichi: Nazarali Nazarov - Jastin Frederiks (AQSH)
68 kg, 1/16 final bosqichi: Diyorbek To'xliboev - Amanbol Begimbetov (Qozog'iston).
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 7:00 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar