07 may 14:08
Yangiliklar

Barkamol avlod-2019. Belbog'li kurashchilar saralandi
Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi viloyat mintaqaviy bo'limi hamda viloyat belbog'li kurash federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 80 nafardan ziyod sportchi 9 vazn toifasida g'oliblik yo'lida o'zaro bellashdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, Hurmat Egamberganov (50 kg), Talant Yo'ldoshev (55 kg), Temur Ro'zimboev (60 kg), Nusrat Yo'ldoshev (65 kg), Abdulaziz Maratov (71 kg), Og'abek Amatboev (77 kg), Sanjar Jumaboev (83 kg), Doston Baxtiyorov (90 kg) va Nodirbek Saparboev (+90 kg) g'oliblik shoxsupasiga ko'tarilishdi.
Endilikda o'z vazn toifalarida g'olib bo'lgan xorazmlik yosh polvonlar “Barkamol avlod-2019” sport o'yinlarining respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilishadi.
Fikrlar