So’nggi yangiliklar

17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0

22 jan 17:06
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

"Barkamol avlod sport jamoalari": Mezbonlar birinchi bo'lishdi

Olmaliq shahrida "Barkamol avlod sport jamoalari" musobaqalari dasturidan o'rin olgan Belbog'li kurash bo'yicha Respublika final bosqichi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ - 3031 sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar talimi markazi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qumitasi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O'zbekiston "Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur 20 ta sport turidan iborat musobaqalarni belgilangan rejaga ko'ra o'tkazib borishdan asosiy maqsad - o'rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlar o'rtasida sport sog'lomlashtirish ishlari ko'lamini yanada kengaytirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash va sport turlari bo'yicha terma jamoalar tarkibiga zaxiralar yaratishdan iborat.

Olmaliq shahridagi tog'-metallurgiya kombinatiga qarashli sport majmuasida o'tkazilgan belbog'li kurash bo'yicha final bellashuvlarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan ettita vazn toifasi bo'yicha 98 nafar o'g'il bolalar kuchli uchlikni qo'lga kiritish maqsadida o'zaro kuch sinashishdi.


Musobaqaning birinchi kunida polvonlar ikkita gilamda vazn toifalariga ko'ra bellashishdi. SHu kuni muxlislar sportchi-o'quvchilarning finalga qadar bo'lgan kurashlarini kuzatib borishdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda asosan vodiy hamda Toshkent viloyati, Toshkent shahri polvonlari musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rganliklarini o'z chiqishlari orqali isbotlashdi.

Bellashuvning ikkinchi kuni ettita vazn toifasida finalga qadar etib kelgan polvonlar o'rtasidagi kurashlar qig'igandan qizidi. Har bir vazn toifasidagi final uchrashuvini belbog'li kurash shaydolari zo'r ishtiyoq bilan kuzatib, olqishlab turishdi. Belbog'li kurash federaciyasi vakillari va hakamlari polvonlarning chiqishlarini baholab borishdi.

Demak, kuchli uchlikni band etgan polvonlar bilan tanishamiz:

55 kg. 1. Xalil Risqiboev (Toshkent v), 2. Xolmirza Hasanboev (Toshkent sh.), 3. Diyorxo'ja Mo'yiddinov (Farg'ona), 3. Oybek Sultonov (Andijon). 60 kg. 1. SHaxzod Abdurahmonov (Toshkent v.), 2. Muhammadjon Rasulov (Andijon), 3. Samandar Ubaev (Jizzax), 3. Sarvar To'xtasinov (Namangan).  65 kg.  1. Javoxir Abdullaev (Farg'ona), 2. Murodjon Xamidov (Namangan), 3. G'yosjon Uralov (Jizzax), 3. Sardor Madaminov (Andijon). 71 kg. 1. SHaxzodbek Mirzayorov (Toshkent sh.), 2. Ziyodulla Tursunboev (Namangan), 3. Farruxbek Muhammadisaev (Farg'ona), 3. Hasan Ismoilov (Sirdaryo). 77 kg. 1. Hotambek Boynazarov (Andijon), 2. Nodirbek Axatjonov (Toshkent sh.), 3. Akbarshoh Rustamov (Namangan), 3. Rahmatullo Anvarjonov (Farg'ona). 83 kg. 1. Elyor Erdanov (Navoiy), 2. Sardor To'laev (Toshkent v.), 3. SHoxabbos Mo'minjonov (Farg'ona), 3. To'rabek To'laev (Toshkent sh.). +83 kg 1. O'rinboy Abdusamatov (Farg'ona), 2. Muhammadjon Tursunov (Andijon), 3. Ezozbek Ravshanov (Samarqand), 3. Mavlonbek Yusupov (Surxondaryo v.).

Umumjamoa hisobida  faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamosi qo'lga kiritgan bo'lishsa, ikkinch o'rinni farg'onalik o'quvchilar egallashdi. Uchinchi o'rin Andijon polvonlariga nasib etdi.


Rustam BOBOQULOV, O'zbekiston "Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari:

- Ko'rib turganingizdek, jamoamiz medallar soni bo'yicha faxrli birinchi o'rinni band etishdi. Bundan oldin  Xorazmda o'tgan og'ir atletika hamda O'zbek jang sanati bo'yicha respublika finalida viloyatimiz sportchilari bugungi natijani qayd etib, birinchi bo'lishgandi. O'ylaymanki keyingi to'rtinchi bosqich bellashuvlarida ham kuchli uchlikda bo'lamiz. Fursatdan foydalanib,  final musobaqasini o'tkazishda yaqindan ko'mak bergan O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasiga, Olmaliq shahar hokimligiga va boshqa mutasaddi tashkilotlarga jamiyatimiz nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.

Mahmud QALANDAROV,  O'zbekiston "Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Xorazm viloyati mintaqaviy bo'limi rais o'rinbosari:

- Bugungi o'tkazilgan belbog'li kurash musobaqalariga yuqori darajada  tayyorgarlik ko'rilgan. Dastur-rejamizga muvofiq,  "Barkamol avlod sport jamoalari" musobaqalari viloyatimizdagi kollej va akademik liceylarda  ishtiyoq bilan o'tkazilmoqda. Saralangan sportchi-o'quvchilarimiz esa, final bosqichiga etib kelmoqda. Albatta, ushbu musobaqada o'quvchilarimiz ham faollik kursatishdi.  Keyingi bellashuvlarga ham puxta tayyorgarlik ko'rib, kuchlilar qatoridan joy olishga erishamiz deb o'ylayman.  Belbog'li kurashdan iqtidorli polvonlarni saralashda, ularni finalga qadar etaklagan Xorazm viloyati belbog'li kurash federaciyasiga,  tajribali murabbiy Bekbergan Boltaevga, hamkor tashkilotlarga rahmat aytmoqchiman. 


  SHuni alohida takidlab o'tish kerakki, mazkur musobaqani ko'ngildagidek o'tishida O'zbekiston ""Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi va uning Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi alohida tayyorgarlik ko'rgani musobaqa jarayonda va taqdirlash marosimida yaqqol ko'zga tashlanib turdi. Taqdirlash marosimida ishtirok etgan O'zbekiston ""Barkamol avlod" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi raisi o'rinbosari Erkin Qodirov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov  va boshqalar so'zga chiqib, bugun birgina sport sohasiga berilayotgan yuksak etibordan unumli foydalanish va sport orqali yurtni ulug'lash kabi ezgu tilaklarini bildirib o'tishdi. Taqdirlash marosimi sportchi -o'quvchilarning ko'rgazmali chiqishlari va sanat ustalarining diltortar kuy-qo'shiqlariga ulanib ketdi.

Eslatib o'tamiz, "Barkamol avlod sport jamoalari" musobaqalari dasturidan o'rin olgan badminton hamda stol tennisi bo'yicha  Respublika final bosqichiga joriy yilning 7-9 fevral kunlari Navoiy viloyati mezbonlik qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirmiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing