So’nggi yangiliklar

13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0 21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0

12 apr 07:12
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Barkamol avlod” va “Universiada” endi qay tartibda o'tkaziladi?

Oliy va o'rta maxsus talim vazirligida “Barkamol avlod-2019” hamda “Universiada-2019” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish masalalariga bag'ishlangan tashkiliy qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi tahlil etilib, “Barkamol avlod-2019” va “Universiada-2019” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Dastlab Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi to'g'risida Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov maruza qildi.

SHuningdek, yig'ilishda tashkiliy qo'mita masul kotibi, O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Erkin Qodirov va “Barkamol avlod-2019” hamda “Universiada-2019” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bilan bog'liq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish masalalari yuzasidan Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig'i M.Hamroev ham so'zga chiqdi.

Kun tartibiga qo'yilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mutasaddi vazirlik, idora va hokimlik rahbarlarining takliflarini inobatga olgan holda tashkiliy qo'mita tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Unga ko'ra, Kasb-hunar kollejlari o'quvchi yoshlari o'rtasida o'tkaziladigan “Barkamol avlod-2019” hamda oliy talim muassasalari talabalarini qamrab olgan “Universiada-2019” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi har yili sport turlari bo'yicha navbatma-navbat, respublikaning barcha hududlarida o'tkazilishi, mazkur musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazish uchun Toshkent shahrida Respublika shtabini tashkil etish va O'zbekiston talabalar sporti Associaciyasiga biriktirish belgilandi.

SHuningdek, barcha mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar, hokimliklar zimmasiga “Barkamol avlod-2019” hamda “Universiada-2019” sport musobaqalarining Respublika final bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish yuzasidan bir qator tegishli vazifalar yuklandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing