13 may 14:28
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" Flik va SHensniga yangi shartnoma taklif etdi
Ustoz va shogird kataloniyaliklar bilan hamkorlikni davom ettirishi mumkin.
Darvozabon Voycex SHensnining aytishicha, klub unga yangi shartnoma taklif qilgan.
"Klubdan shartnomani 2 yilga uzaytirish bo'yicha taklif oldim. Biroq men oilam bilan maslahatlashib ko'raman, shundan so'ng bir qarorga kelaman", – dedi mavsumni yorqin o'tkazayotgan tajribali posbon.
SHuningdek, "Barselona" bosh murabbiy Xans-Diter Flikka ishonch bildirishda davom etmoqchi. Germaniyalik mutaxassis keyingi mavsumda Kataloniya klubini boshqaradi. Yangi kelishuv esa 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi.
Havola :
Fikrlar