07 may 17:39
Yangiliklar

"Barselona" futbolchisi Acherbiga tupirgani uchun 4ta o'yingacha chetlatilishi mumkin
CHempionlar Ligasi yarim finali javob o'yini (3:4) birinchi taymida "Barselona" o'yinchisi bilan "Inter" futbolchisi Franchesko Acherbi o'rtasida mojaro yuzaga keldi.
Kataloniyalik o'yinchi Xakan CHalxanogluning penalti urishidan oldin unga xalaqit berishga urindi. Martines italiyalik futbolchi goldan keyin yaqinidan o'tib ketayotganida unga tupirdi. O'yinning bosh hakami SHimon Marchinyak bu epizodda ishtirokchilarni jazolamadi.
O'yindan so'ng Martines raqibga tupirganini tasdiqladi: "Men unga tegib ketmadim, aks holda hakam meni maydondan chiqarib yuborar edi. U qulog'imga baqirib gapirdi, lekin bu mening tarafimdan ortiqcha reakciya bo'ldi".
Inigo Martines evrokuboklarda 2-4 o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Fikrlar