12 mar 18:03
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" futbolchisi "CHelsi" va "Nyukasl" qiziqishlari doirasida
"CHelsi" va "Nyukasl" ayni damda "Barselona" vingeri Rafinya Dias atrofidagi voqeliklarni kuzatib bormoqda.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, moliyaviy holatning og'irligi sababli bir qancha futbolchilari bilan xayrlashishi mumkin. Klubdagilar aslida Rafinyani ketkazvormoqchi emasdi, biroq yaxshi narx bo'lsa, uni sotib yuborish extimoldan yiroq emas.
"CHelsi" va "Nyukasl" futbolchining atrofidagilar bilan muloqotda bo'lib turibdi. Biroq hozircha futbolchining o'zi bilan muzokaralar bo'lgani yo'q.
Rafinyaning o'zi ham "Barselona"da qolishga qarshi emas va o'z navbatida boshqa klublar takliflarini eshitishni istamayapti. Faqatgina klubning moliyaviy holati vingerning ketishiga tasir qilsagina u tashqaridan bo'layotgan takliflarni o'ylab ko'radi.
Havola :
Manba : Diario Sport
Fikrlar