10 may 10:08
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" uchta o'rtoqlik uchrashuvi uchun 15 million oladi
"Barselona" yozda Osiyoda uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ispaniya jamoasi 21 iyul - 4 avgust orasida Osiyoda o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Kataloniyaliklar dastlab Yaponiyaga safar qiladi. Keyin yana ikkita uchrashuvni Koreya Respublikasida o'tkazadi. Jamoa ushbu uchrashuvlar uchun jami 15 million evro ishlab oladi.
Kelishuvga ko'ra, "Barselona" ushbu turnega jamoaning asosiy tarkibini olib borishga majbur.
Havola :
Fikrlar