20 apr 12:50
Yangiliklar
Futbol

"Barselona"da "Real"ga qarshi uchrashuvdan avval katta yo'qotish bor
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski La Liganing so'nggi turida jarohat oldi.
Hujumchining oyog'ining son qismi jarohatlangan. 36 yoshli polyak katta ehtimol bilan 26 aprel kuni bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
SHuningdek, Robert "Inter"ga qarshi bahslarda ham "Barselona"ga yordam bera olmasligi mumkin.
Robert Levandovski joriy mavsum La Ligada 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar