09 sen 09:20
Yangiliklar

Basketbol. Jahon chempionati finalida kutilmagan jamoalar
Kutilmaganda jahon chempionligi uchun Serbiya va Germaniya terma jamoalari parketga chiqadigan bo'ldi. Oltin medal sohibini aniqlab beradigan ushbu bahs ertaga, 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Yarim final omadsizlari - Kanada va AQSH terma jamoalari o'zaro o'yinda bronza medali sohibini aniqlab berishadi.
Kecha o'tkazilgan 1/2 finalda Germaniya terma jamoasi o'z tarixida ilk bor final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Nemislar besh karra jahon chempionlari hisoblangan AQSH terma jamoasini dramatik kechgan bahsda 113:111 hisobida taslim etishdi. Ikkinchi yarim final juftligida esa Serbiya Kanadadan 95:86 hisobida ustun keldi.
Etiborlisi, amaldagi jahon chempionlari - ispaniyalik basketbolchilar xatto pley-off bosqichiga ham chiqa olishmadi. Ispanlar Latviya va Braziliya terma jamoalari joylashgan L guruhida uchinchi o'rin bilan kifoyalanishdi.
Fikrlar