11 may 13:25
Yangiliklar

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunladik
"Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Qita birinchiligi o'z nihoyasiga etdi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 16 nafar baydarka va kanoechilarimiz himoya qilishdi. Ulardan 9 nafari shohsupaga ko'tarildi.
SHuni ham takidlash joizki, ilk bor katta sport maydonida ishtirok etgan sportchilarimiz ham medallarga ega chiqishdi.
Osiyo chempionatida medallarga ega chiqqan sportchilarimiz ro'yxati:
(C-2) 1000m Muhammadali Mirismanov/Diyorbek Mamatkulov (kumush)
(C-1) 500m Muhammadali Mirismanov (kumush)
(K-1) 500m Arina Tanatmisheva (kumush)
(K-1) 1000m Oleksandr Zarubin (bronza)
(S-2) 500m Kamoliddin Rahmatullaev/Azimjon Sotiboldiev (bronza)
(C-2) 500m mix Kamoliddin Rahmatullaev/Zarina Rustamova (bronza).
Fikrlar