So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

18 noy 14:52
Yangiliklar

Tadbirlar

Bayrog'imiz qabul qilingan kun munosabati bilan ommaviy tadbir o'tkazildi

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bayrog'imizning 28 yilligiga bag'ishlangan ommaviy tadbir o'tkazildi.

Mazkur tadbirda vazirlik rahbariyati va 500 nafarga yaqin professional va havaskor sportchilar qatnashdi. 

– Bugun O'zbekiston Respublikasi bayrog'i qabul qilingan kunga 28 yil to'ldi. Muhtaram Prezidentimiz mazkur bayramni keng miqyosda o'tkazish bo'yicha topshiriq bergandilar. Ushbu kun haqiqatan ham mamlakatimiz miqyosida nishonlanadigan eng yirik tadbirlardan biri hisoblanadi. CHunki bu faqatgina davlatimiz ramizigina bo'lib qolmay, dunyodagi eng chiroyli bayroqlardan biri hamdir. 

CHunki biz ko'plab xalqaro musobaqalarda qatnashganimizda ham ko'pchilik davlatlar buni alohida etirof etishgan. Niyat qilamizki, Xudo xohlasa, 2020 yilda Tokio olimpiadasida ham hamyurtlarimiz mana shu bayrog'imizni baland ko'tarishadi. SHunday ekan, ushbu bayroq sportchilarimiz uchun Tokio olimpiadasi uchun qaysidir manoda estafeta desam, menimcha, xato bo'lmaydi. Bayrog'imiz qabul qilingan kun barchamizga muborak bo'lsin, – dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari SHarifjon Mo'minjonov. 

SHuningdek, tadbir so'nggida vazirlik rahbariyati vakillari va mamlakatimiz sporti yulduzlari yosh sportchilarga bayroq ulashdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing