So’nggi yangiliklar

15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0

18 iyu 17:24
Yangiliklar

Futbol

Behruz Karimov Luis Diasni zararsizlantirish, uzoq masofadan zarba va boshqa masalalar haqida

Teglar :  Behruz Karimov
O'zbekiston terma jamoasining yosh futbolchisi Behruz Karimov Kolumbiyaga qarshi bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— O'zbekiston terma jamoasi ushbu tarixiy debyutini o'tkazdi. Siz esa mundialdagi yosh futbolchilardan biri bo'ldingiz va bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshladingiz. Terma jamoadagi debyut bo'lmasa-da, his-tuyg'ular qanday bo'ldi?

— Avvalambor, assalomu alaykum. Bugungi o'yin juda ham katta dars bo'ldi bizga, albatta. Kolumbiyaga qarshi etarlicha qarshilik ko'rsata oldik, lekin xatolarimiz ham bo'ldi. Keyingi o'yinlarda ham bu xatolarni yo'qotishga harakat qilamiz. Portugaliya, Kongo — hammasiga etarlicha qarshilik qilib, guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz.

— Bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashingizni bugun bildingizmi? Qanday his-tuyg'ular o'tdi, kimlar bilan gaplashdingiz?

— Bugun bildim. Lekin bu qiyin emas, chunki jamoamizda hammasi tajribali o'yinchilar bo'lgani uchun bu narsa menga motivaciya beradi. O'yin davomida ham hayajonni engib, koncentraciyani o'yinga qaratdik, yaxshi o'yin bo'ldi deb o'ylayman.

1781763373422.jpg

— O'zingizda ozgina hayajon bo'ldimi?

— Albatta... Jahon chempionati, albatta, hammada ham hayajon bo'ladi. Jarohatim sababli men ancha vaqt futbol o'ynamagandim. Lekin futbolni sog'inganim uchun ham bu katta motivaciya bo'ldi va aksincha, futboldan zavq olib o'ynadim.

— Bugun Luis Diasni zararsizlantira oldim deb o'ylaysizmi?

— Etarli vaziyatlarda zararsizlantirdim deb o'ylayman. Bazi joylarda baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Albatta, u tajribali futbolchilardan biri.

— Sizdan keyingi o'yinlarda ham uzoq masofadan zarbalar kutamizmi?

— Albatta, buni mening eng yaxshi qurolim desa ham bo'laveradi, chunki uzoqdan zarba yo'llashni yaxshi ko'raman. Qo'limdan keladi, o'zimga ishonaman. Keyingi o'yinlarda ham, Xudo xohlasa, imkoniyat bo'lishi bilan, albatta, zarba beraman.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing