30 iyu 13:46
Yangiliklar
Tokio-2020
Bekmurod Oltiboev bronza uchun o'tish bahsida yutqazib qo'ydi
Dzyudodagi so'nggi umidimiz bo'lgan +100 kg vazndagi sportchimiz Bekmurod Oltiboev bronza medali uchun o'tish bahsida ukrainalik Yakov Xammoga qarshi tatamiga chiqdi.
Afsuski, dzyudochimiz raqibiga vazari bahosi evaziga yutqazib qo'ydi va Olimpiada bilan xayrlashdi.
SHu bilan, terma jamoamiz vakillari uchun yakkalikdagi bahslar o'z yakuniga etdi. 10 nafar sportchimizdan faqatgina Davlatbek Bobonov bronza medalini qo'lga kiritdi xolos.
Oldinda vakillarimizni jamoaviy bahslar kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar