19 may 12:17
Yangiliklar
Sambo
Bekobodda kichik o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati start oldi
Bugun Toshkent viloyatining Bekobod shahrida sambo bo'yicha kichik o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlandi.
21 mayga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 450 nafarga yaqin yosh sambochilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
2007-2008 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasidagi bellashuvlar umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida (yigitlar o'rtasida 9 ta, qizlar o'rtasida 9 ta) tashkil etiladi.
Bugun musobaqaning rasmiy tadbirlari tashkil etilsa, 20 va 21 may kunlari asosiy bellashuvlar o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar