02 noy 07:32
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Bektemir Meliqo'ziev ertangi jangi oldidan nimalar dedi?
Ertaga tongda AQSHning Las-Vegas shahridagi "Theatre at Virgin Hotels" majmuasida prof boks oqshomi tashkil etiladi.
			Turnir doirasida ikkinchi o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev (14-1, 10 KO) amerikalik Devid Stivens (14-1, 10)ga qarshi ringga ko'tariladi. Ikkala bokschi ham bir xil ko'rsatkichga ega - 14 tadan g'alaba va 1 tadan mag'lubiyat.
"Albatta, bunday katta shouda menga imkoniyat berilganidan juda xursandman. Buning uchun "Golden Boy", "Mir Boksa" va jamoamga rahmat aytaman. Xudo xohlasa, ishonchni oqlagan holda chiroyli g'alabani qo'lga kiritishga harakat qilaman. Hammasi yaxshi bo'ladi", deya jang oldidan o'z fikrlarini bildirdi Meliqo'ziev.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar