So’nggi yangiliklar

15:04Фақат уч мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб эта олган 0 14:43Мирафзал Ахтамов қайтмоқда: У Усман Нурмагомедов билан бир кардда жанг қилади, рақиб ҳам аниқ (Тўлиқ кард) 0 14:22Тўрабек Назарқулов Жаҳон чемпионати совриндори! 0 14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0

28 jan 17:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev: Raqibim aniq bo'ldi, jang manzili ham

Professional boksning ikkinchi o'rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqib kelayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jang sanasi, manzili va raqibi rasman malum bo'ldi.

Unga ko'ra, WBA Continental Americas chempionlik kamari sohibi 14 fevral kuni Kaliforniyada ringga ko'tariladi. Bu haqida charm qo'lqop ustamizning o'zi bizga xabar berdi. 

"Jangim 14 fevral kuniga belgilangan edi. Lekin shu kungacha raqib nomi aniq emasdi. Jamoam bir necha bokschilar bilan muzokara olib borayotgandi. Yakunda meksikalik Marko Antonio Periban bilan kelishuvga erishildi. Hozirda bo'lajak jangga jiddiy tarzda hozirlik ko'rayapman", - dedi Meliqo'ziev.

Malumot uchun, Marko Antoni Periban prof ringda 31ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 25tasida g'alaba qozongan. Raqiblarini 16ta jangda nokautga uchratgan. Hisobida 5ta mag'lubiyat va bitta durang bor. O'zi ham ikkita jangda nokaut uchragan. 

Eslatib o'tamiz, WBA reytingida 15-o'rinni egallab turgan Meliqo'ziev o'zining so'nggi jangini 14 dekabr kuni AQSHda mezbon bokschi Vaugin Aleksanderga qarshi o'tkazgandi. O'n raundlik jangda hamyurtimiz hakamlarning qarori bilan 100:90, 100:90, 100:90 hisoblarida g'alaba qozonib, WBA Continental Americas kamari sohibiga aylangandi. Peribanga qarshi jang Bektemir uchun faoliyatidagi beshinchisi bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
28 jan 20:18:45
Shohruh Lazizov
Bektemirga omad tilab qolamiza!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing